Jahon | 07:45 / 18.03.2016
1710
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya yana ballistik raketa uchirdi

Shimoliy koreyaliklar Yapon dengiziga navbatdagi ballistik raketani uchirishdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi ma'lum qildi.

Boshqa tafsilotlar hozircha berilmagan. Avvalgi ikkita ballistik raketa uchirilgani 10 martga o‘tar kechasi ma'lum qilingandi.

Keyinroq Shimoliy Koreya yangi yadroviy sinovlar o‘tkazilishini e'lon qildi.

Shu munosabat bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvaga Shimoliy Koreya tomonidan yadroviy ambitsiyalar va tahdidlar kerak emasligini aytgan. O‘z navbatida  AQSh prezidenti Barak Obama Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni buyurgandi.