19:32 / 18.03.2016
2131

Shvartsenegger Avstraliyaga o‘z ko‘rgazmasiga keldi

Gollivud aktyori Arnold Shvartsenegger Avstraliyaga o‘zining bodibilding ko‘rgazmasiga keldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri. Melburn aeroportida aktyorni muxlislari kutib oldi. Kaliforniyaning sobiq gubernatori muxlislariga dastxat berdi va ular bilan birga suratga tushdi.

Arnold Classic Australia ko‘rgazmasi 18-20 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 8 ming kishi ishtirok etadi. Ko‘rgazma dasturiga turli tanlovlar kiritilgan, jumladan armrestling, boks, karate, shaxmat bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, bodibilding ustalari o‘z iste'dodlarini namoyish qiladilar.

Shvartsenegger 1960-yillar oxirida professional kulturist sifatida nom chiqargan. U kulturizm bo‘yicha topshiriladigan “Mister Olimpiya” unvonining 7 karra sohibi hisoblanadi. So‘ngra Shvartsenegger aktyorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan. Shvartsenegger suratga tushgan “Konan-varvar” va “Terminator” filmlari unga jahon miqyosidagi mashhurlikni keltirgan.

Top