23:34 / 18.03.2016
1231

Turkiya yaqin oylarda Yevropa Ittifoqidan 3 mlrd yevro o‘tkazilishini kutmoqda

Anqara Yevropa Ittifoqidan qochqinlarning gumanitar ehtiyojlariga 2018 yilning oxirigacha umumiy hisobda 6 mlrd yevro o‘tkazilishini kutmoqda. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu YeI sammiti natijalariga ko‘ra aytdi.

“Birinchi 3 mlrd yevroni biz yaqin haftalarda sarflay boshlaymiz. Turkiyaga emas, suriyalik qochqinlarga, albatta. Qo‘shimcha 3 mlrd yevro 2018 yilgacha taqdim qilinadi”, deb aytdi Dovudo‘g‘lu.

YeI va Turkiya orasida migratsiya bo‘yicha erishilgan yangi kelishuvga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Turkiyaga qancha noqonuniy muhojirni qaytarsa, Turkiyadan shuncha suriyalik qochqinni qabul qiladi.

Turkiya, shuningdek, YeI bilan vizasiz tartibni iyun oxirigacha olishga umid qilmoqda.

“Iyun oxirigacha viza erkinlashtirilishini olishga umid qilamiz. Buning uchun 72 ta talabdan 37 tasi bajarildi, 35 tasi qoldi. May boshigacha ularni tugatishga umid qilamiz”, deb aytdi Dovudo‘g‘lu.

“Bugun biz muhim kelishuvlarga erishganimiz uchun tarixiy kun bo‘lmoqda. Bizda YeI bilan umumiy kelajak bor, biz Suriya masalasi va qochqinlar muammosi bo‘yicha bir xil fikrga kelmoqdamiz. Sa'y-harakatlarimizning asosiy maqsadi Egey dengizida odamlar (qochqinlar) halok bo‘lishining oldini olishdan iborat”, deb aytdi Dovudo‘g‘lu.

Ahmet Dovudo‘g‘luning aytishicha, erishilgan kelishuv evaziga Turkiya hududidagi qochqinlar soni o‘zgarmaydi.

Top