18:32 / 18.03.2016
1556

Yurgen Klopp: «O‘zingga ishonch – kichik gulga o‘xshaydi. Agar unga teginsang, bir lahzada yo‘q bo‘ladi»

«Liverpul» jamoasining bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa Ligasining chorak finalida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tgan uchrashuvdan keyin (1:1) turnirning keyingi bosqichiga o‘tilgani munosabati bilan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U jurnalistlarga jamoaning APL turnir jadvalidagi maqomi hamda 31 turda «Sauthempton»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan fikrlarini aytgan.

«Qachonki, sen chorak finalda ekansan, finalga chiqish ham yaqin bo‘lib qoladi. Aslida oldindagi yo‘l uzoq. Biz har bir uchrashuvga jiddiy munosabat bilan yondashamiz va chin yurakdan nima ish qilish kerak bo‘lsan shuni qilamiz.

Agar turnirda g‘olib chiqishni istasang, eng kuchlilarni yengishing talab etiladi, buni qanday qilishing ahamiyatsiz. Kechagi o‘yin ajoyib o‘tdi. Yigitlar katta ishni uddalashdi va o‘zlarini ko‘rsatishdi.

O‘z kuchingga ishonch borasidagi muammo haqida aytadigan bo‘lsam, kichik gulni eslayman. Agar bunday mitti gulga teginsang, u bir lahzada yo‘q bo‘ladi.

Chorak finalga chiqish bizdagi o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Lekin keyingi kunlarda nima bo‘lishini oldindan ayta olmayman. Bu yerda gap faqat o‘zingga ishonish haqida emas, biz o‘z o‘yinimiz haqida o‘ylashimiz kerak.

«Sauthempton» – juda yaxshi jamoa, shunday ekan biz ularni yengish uchun 100 foizga tayyor bo‘lishimiz kerak bo‘ladi», – deydi Klopp.

Top