11:43 / 18.03.2016
1407

Zidan mavsum yakunlanmasdanoq "Real"dan ketishi mumkin

"Real" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan mavsum yakunlanmasidanoq ishdan bo‘shatilishi mumkin. Bu haqda Ispaniyadagi A3 Media telekanalida aytilgan.

Fransiyalik mutaxassis jamoa Ispaniya chempionatining 29-turida "Las-Palmas"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan (2:1) qattiq ranjigan. Qolaversa, u ushbu o‘yindan keyin majlis o‘tkazganida jamoaning bir qator futbolchilari, Serxio Ramos, Krishtianu Ronaldu, Pepe va Marselo unda ishtirok etmagan.

Zidan bu majlis vaqtida futbolchilardan o‘yinlarda o‘ziga berilgan vazifani bajarishni talab qilgan va agar talabi bajarilmasa, o‘z lavozimidan iste'fo berishini ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1998 yilgi jahon chempionati g‘olibi, "Real"ning sobiq futbolchisi bo‘lmish Zidan joriy mavsumning birinchi yarmida Rafael Benites qayd etgan qoniqarsiz natijalardan keyin uning o‘rniga bosh murabbiy sifatida tayinlangandi. U bilan mavsum yakunigacha shartnoma tuzilgan.

Top