21:58 / 19.03.2016
1234

Arsen Venger: «APL chempionligi uchun faqat 2 jamoa kurashayotgani yo‘q»

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiy Arsen Venger Angliya chempionatining 31 turida «Everton»ga qarshi kechgan safardagi (2:0) uchrashuvdan keyin fikrlarini bildirdi.

«Bu biz uchun juda muhim g‘alaba bo‘ldi. Ruhiy sinovdan o‘tdik. Biz bu o‘yinda ham «Barselona» bilan o‘yindagi singari yuqori saviyali o‘yin namoyish etdik.

Menga jamoalarning harakatlari yoqdi. Bu jamoalarning saviyasini yaxshi baholashmasdi va bu meni ranjitardi.

Biz haliyam chempionlik poygasida qatnashmoqdamiz. Chunki, matematik jihatdan chempion bo‘lish uchun imkoniyatlarni saqlab qolganmiz. Biz bu chempionlik poygasidagi ishtirokimiz davomida muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini istaymiz.

Nega 2 jamoaga chempionlik uchun da'vogarlar sifatida qaraladiyu, ularning biridan 3 ochko ortda qolayotgan jamoa bu raqobatdan tashqarida deb hisoblanadi? Biz o‘yinlarga yurakdan yondashishimiz kerak. Mavsum yakunlangach, natijalarga baho beriladi», – deydi Venger.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda londonliklar jamoasi 31 turdan keyin 55 ochko bilan uchinchi o‘rinda (zaxirada yana bir o‘yin bor) joylashgan. Birinchi va ikkinchi o‘rinlardagi «Lester» hamda «Tottenhem»ning 31 turdagi o‘yinlari yakunlanmadi.

Top