23:42 / 19.03.2016
1885

Chevrolet kompaniyasi Aveo modelining yangicha talqinini namoyish etdi

Chevrolet kompaniyasi Sonic oilasining (Rossiya va O‘zbekiston bozorida model Aveo deb nomlanadi) yangilangan talqinini namoyish etdi. Bu haqda Sarzone nashri xabar beradi. Sedan va xetchbekning ommaviy namoyishi mart oyi oxirida Nyu-Yorkdagi motorshouda bo‘lib o‘tadi.

Restayling qilingan “Sonik” yangi avlod Spark kompakt-kari uslubida ishlab chiqilgan o‘zgacha radiator panjarasiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, model yorug‘lik diodli shakli o‘zgartirilgan asosiy chiroqlar, o‘zgacha old va orqa bamper, yangi kapot va o‘zgacha dizayndagi g‘ildirak disklariga ega bo‘ldi.

Mashina intereri fotosuratlari hozircha e'lon qilingani yo‘q, biroq kompaniya “Sonik”da modernizatsiyalangan old panel va qizdiriladigan o‘zgacha rul chambaragi bo‘lishiga va'da bermoqda. Bundan tashqari, model bilan 7 dyuymli displey, Apple CarPlay va Android Auto`ni qo‘llab-quvvatlovchi interfeys, Wi-Fi nuqtasi va LTE tarmog‘iga ulanish imkoniga ega yangicha axborot-ko‘ngilochar kompleks taklif etiladi.

Dvigatellar safi o‘zgarishsiz qoladi. Ular 1,8 litr hajmli “atmosfera” va 1,4 litrli 138 ot kuchiga ega turbomotorni o‘z ichiga oladi. Transmissiya – olti bosqichli “mexanika” yoki xuddi shu diapazondagi “avtomat”.

Yangilangan Chevrolet Sonic oilasi avtomobillarining Amerikadagi savdosi 2016 yil kuzidan boshlanadi. Mashina narxi taxminan 14,5 ming dollardan boshlanadi.

Top