Jahon | 12:18 / 19.03.2016
1971
1 daqiqa o‘qiladi

Fly Dubai aviakompaniyasi Rostovda qulagan Boeing samolyotida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini tasdiqladi

Fly Dubai Rostovda qulagan samolyotida bo‘lgan yo‘lovchilarning fuqaroligiga aniqlik kiritdi. Kompaniya bayonotida ma'lum qilinishicha, bortda Rossiyaning 44 nafar, Ukrainaning 8 nafar, Hindistonning 2 nafar va O‘zbekistonning 1 nafar fuqarosi bo‘lgan.

Aviakompaniya marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida 62 kishi — 55 yo‘lovchi va ekipajning 7 a'zosi halok bo‘lgan.

Bundan oldinroq, ushbu samolyot bortida bo‘lganlardan biri o‘zbekistonlik bo‘lgani haqida xabar chiqqan, O‘zbekiston TIV bu ma'lumotni tekshirishga kirishgandi.

Rostovda halokatga uchragan samolyotda bo‘lganlarning to‘liq ro‘yxati e'lon qilindi