11:20 / 19.03.2016
1993

Haier O’zbekiston Navro‘z bahor ayyomi sharafiga Mega-o‘yin o‘tkazib, super-sovrinlar yutib olish imkoniyatini taqdim etmokda

Uch kun va olti topishmoqdan iborat bo‘lgan topshiriqlarni to‘la bajargan g‘oliblar, Haier O’zbekiston shirkati tarafidan LED televizor, split sistemali xona konditsioneri va yuqori quvvatli suv isitgich tuhfalariga ega bo‘ladilar.

Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda har bir ishtirokchi super-sovg‘a yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

1-o‘rinni egallagan ishtirokchi 42 dyuymli LED televizor, 2-o‘rinni egallagan ishtirokchi split sistemali xona konditsioneri va 3-o‘rin sovrindori hajmi 50 litr bo‘lgan yuqori quvvatli suv isitgichini qo‘lga kiritadi.

Sovrinli o‘yinda qatnashish uchun ishtirokchi facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirib, Haier Uzbekistan sahifasida e'lon qilingan Aktsiya sharhlari bandiga "Men tayyorman!" deb izoh qoldirish kerak (sahifaga o‘tish)
Undan so‘ng, ishtirokchi qoldirgan izohini o‘z sahifasida do‘stlari bilan bo‘lishishi shart.

Keyingi shart esa 19 martdan 21 martgacha Haier Uzbekistan'ning rasmiy sahifasida (sahifaga o‘tish) e'lon qilinadi. Bu shartlar boshqotirmalar sifatida bo‘lib, ularga birinchilardan bo‘lib to‘g‘ri javob berish lozim. Birinchi to‘g‘ri javobni bergan ishtirokchi 3 ballni qo‘lga kiritadi, to‘g‘ri javobni ikkinchi bo‘lib topgan ishtirokchi esa 2 ball va uchinchi bulib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi 1 ballga ega bo‘ladi. 21 mart kuni yakuniy hisob-kitoblar qilinib, eng ko‘p bal to‘plagan uch nafar ishtirokchi aniqlanadi va ularga tantanali ravishda sovg‘alar topshiriladi.

Haier O’zbekiston taqdim etgan mega-o‘yinda qatnashing va o‘z omadingizni sinab ko‘ring! Balki, aynan Siz Haier sovg‘alaridan birining omadli sohibiga aylanishingiz mumkin!

Haier hakida qisqacha ma'lumot:

• Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikada joylashgan 24 ishlab chiqarish va sho‘'ba korxonalariga ega bulgan yirik shirkat;
• Haier dunyoning 160 mamlakatida mavjud;
• Shirkatning jahon chakana savdosidagi ulushi 10 foizdan ortiq;
• 15 mingdan ortik va turli rusumdagi LED televizorlarni, muzlatgichlarni, xona konditsionerlarini, suv isitgichlarni, mobil telefonlarni, noutbuklarni, kir va idish yuvish mashinalarini va boshqa turli-tuman elektr mahsulotlarni ishlab chikaruvchi shirkat;
• Euromonitor ekspertlarining tadqiqotlariga ko‘ra, jahonda savdo hajmini yilma-yil oshirib borayotgan va oxirgi 7 yildan buyon birinchi o‘rinni egallab kelayotgan shirkat;
• 14 000 ta patent, jumladan, 4 500 tadan ortiq innovatsion ixtirolarga ega bulgan shirkat;

Haier maxsulotlarini qayerdan sotib olsa bo‘ladi?

Haier Uzbekistan, shirkatning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanib, uning mahsulotlarini Toshkent shaxridagi “Malika”, Abu Saxiy savdo majmualarida va Technomart savdo do‘konlarida xarid qilish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining deyarli hamma viloyatlarida shirkatning rasmiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud bulib, ular har qanday kafolatli servis xizmatini o‘z vaqtida amalga oshiradi. 

Reklama huquqi asosida
Top