09:15 / 19.03.2016
1136

Manba: Rostov-Donda halokatga uchragan Boeing yo‘lovchilarining 5 nafari xorijlik bo‘lgan

19 martga o‘tar kechasi, Moskva vaqti bilan soat 3:40da Rostov viloyati hududida qulab tushgan Boeing 737-800 samolyotining bortidagi barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari halok bo‘lgan.

Fly Dubai aviakompaniyasig tegishli bo‘lgan bu samolyot Dubaydan Rostov-Donga parvozni amalga oshirayotgan edi. Samolyot ko‘rish darajasi yomon bo‘lgan sharoitda Rostov-Don aeroport uchish-qo‘nish polosasidan chaproqda qulagan.

Samolyot qulagach, portlab ketgan.

Samolyot bortida 61 kishi bo‘lgan: 55 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a'zosi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot yo‘lovchilarining 3 nafari Ukraina fuqarosi bo‘lgan, yana 2 nafari G‘arb mamlakatlari fuqarolari bo‘lishgan.

Rostov-Donda Boeing yo‘lovchi samolyoti falokatga uchradi

Top