Jahon | 09:00 / 19.03.2016
911
1 daqiqa o‘qiladi

Olland: Parijdagi teraktlarga aloqador bo‘lganlar taxmin qilingandan ko‘proq bo‘lib chiqdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Parijdagi teraktlarga aloqador bo‘lganlar avval o‘ylangandan ko‘proq ekanligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Biz bu hujumni tashkil qilgan va unda ishtirok etgan barcha jinoyatchilarni ushlashimiz kerak. Ular biz avval o‘ylagandan ko‘proq bo‘lib chiqdi”, deb aytdi Olland.

18 martda Bryusselda Parijdagi teraktlarga aloqadorlikda gumonlanuvchilarni qo‘lga olish bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus operatsiyada 5 nafar gumonlanuvchi, jumladan bosh gumonlanuvchi Saloh Abdusalom qo‘lga olindi.

Avvalroq Fransiya yaqin orada Abdusalomning ekstraditsiya qilinishini so‘rashi aytilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish