Jamiyat | 12:24 / 19.03.2016
1321
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaliklar “Yandeks”da ko‘proq tush ta'biriga oid so‘zlarni qidirishadi

Rossiyaliklar internetda ko‘proq vafot etgan insonlar, bolalar va homiladorlarga oid tushlar ta'birini qidirishi ma'lum bo‘ldi. Bu ma'lumot “Yandeks” kompaniyasi tomonidan shu yilning fevral oyi bo‘yicha qidiruvlar statistikasi asosida tayyorlandi.

Har hafta rossiyalik foydalanuvchilar “Yandeks”da “bu tush nimani anglatadi?” degan 300dan ortiq so‘rovlar qoldirishadi.

“Tushlar tarkibiga qarab turlicha talqin qilinadi. Qidiruv so‘rovnomalarida tush ta'biriga oid mingga yaqin belgi va hodisalarni uchratish mumkin: ular ichida eng ommalashgani – “bola”, “er”, “yigit” kabilar bilan kam uchraydigan – “cho‘rtan”, “meva”, “eshik” kabi so‘zlar ham bor”, - deya qayd etdi kompaniya.

“Yandeks” ro‘yxatida bor-yo‘g‘i 25ta o‘rin mavjud. Yuqorida keltirilgan so‘rovlarga qaraganda, rossiyaliklar ko‘proq baliqlar paydo bo‘luvchi tushlarga qiziqtirishi aniqlandi. Shuningdek, ular ish, oila, sobiq muhabbat, tug‘ruq, to‘yga oid tushlar ta'birini ham ko‘p qidirishadi.

“Tushlar haqida odatda, uyqudan uyg‘ongach, tongda qidirishni boshlashadi. So‘rovlarning eng qizigan vaqti soat 9:00da boshlanadi”, - deb xabar beradi “Yandeks”.

Kompaniya mazkur statistikani Butunjahon tushlar kuniga bag‘ishlab tayyorladi. Bu kun 2008 yildan boshlab har yili mart oyining ikkinchi jumasida nishonlanadi. Bu kunni nishonlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom uyquni targ‘ib qilish hisoblanadi.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish