17:57 / 19.03.2016
1406

Rostov-Donda qulagan Boeing samolyotining ikkinchi «qora quti»si topildi

BAAning FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan, Rostov-Dondagi aeroportga qo‘na olmasdan qulagan Boeing 737-800 laynerining ikkinchi «qora quti»si topildi. Bu haqda viloyat maxsus xizmat vakiliga asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatgan.

«Moskva vaqti bilan soat 12.10da samolyotning ikkinchi «qora quti»si topilgan», deydi manba.

Ular yaqin orada ma'lumotlarini o‘rganish uchun tegishli mutaxassislarga berilishi aytilgan.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin bu ma'lumotni tasdiqlagan.

Qurilmalar qanday holatda ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar (55 kishi) va ekipaj a'zolari (7 kishi) halok bo‘lgan.

Top