Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:59 / 20.03.2016
2015
1 daqiqa o‘qiladi
FlyDubai: halokatga uchragan Boeing'ning ikki uchuvchisi ham ilgari Rostov Donda qo‘nishgan
FlyDubai aviakompaniyasi bosh direktori Geyt al-Geytning ma'lum qilishicha, halokatga uchragan Boeing 737-800 samolyotining ikki uchuvchisi ham ilgari Rostov-Donda qo‘ngan, deb yozadi Gulf News.
U bu haqda aviahalokat sabablarini muhokama etish uchun chaqirilgan matbuot anjumanida aytib o‘tgan. «Uchuvchilar qo‘nishni bizdagi ma'lumotlar va aeroportdagi hamkorlarga tayanib amalga oshirishadi», — dedi al-Geyt.