Jahon | 21:09 / 20.03.2016
1769
1 daqiqa o‘qiladi
Xaminoiy AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlarning barchasini Eronning dushmanlari deb atadi
Eronning oliy diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Xaminoiy teleefirda AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlarning barchasini Eronning dushmanlari deb atadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
“AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Eronni yomon otliq qilishda musobaqalashmoqda va bu dushmanlik belgisidir”, deb aytdi Xaminoiy.
Bundan tashqari, Xaminoiy Eron yadroviy dastur bo‘yicha sanksiyalar bekor qilinganiga qaramasdan, hali ham xorijiy banklar va korporatsiyalar bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelayotganini aytdi.
Xaminoiy Eronda yangi yil boshi hisoblanuvchi Navro‘z kirib kelishi munosabati bilan fuqarolarga murojaatida sanksiyalarning bekor qilinishi faqatgina “qog‘ozda bajarilganini” ta'kidladi.