18:27 / 20.03.2016
1409

Ikki mingga yaqin muhojir Sitsiliya bo‘g‘ozida qutqarib qolindi

Ikki mingga yaqin muhojir Italiyaning janubiy qirg‘oqlarida, Sitsiliya bo‘g‘ozida qutqarib qolindi. ANSA agentligining ma'lum qilishicha, ular yaqin soatlarda Italiyaning turli portlariga olib borilgan.

Italiya hukumatining ma'lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri mamlakat qirg‘oqlariga 11 ming afrikalik muhojir kelib tushgan. Mamlakat IIVning tasdiqlashicha, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan teng miqdordagi ko‘rsatkichdir.

Bundan tashqari, rasmiy Rim YeI va Turkiya o‘rtasida noqonuniy muhojirlar masalasidagi kelishuvdan xavotirda ekanligini, vaziyat taranglashib turgan Liviyadan kelayotgan muhojirlar Italiya tomon oqim hosil qilishganini aytib o‘tgan.

Top