Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda malika Diana xotirasiga atab bog‘ barpo etiladi
Buyuk Britaniyaning Kensington saroyida malika Diana vafot etganining yigirma yilligiga bag‘ishlab uning nomi bilan nomlanadigan bog‘ barpo bo‘lishi haqida ma'lum qilishdi, deb yozmoqda The Telegraph.
Ma'lum qilishlaricha, bog‘ni loyihalash va qurish ishlari hali boshlanmagan bo‘lib, uni barpo etuvchi mutaxassislar qidirilmoqda.
Bog‘ning ochilishi 2017 yilning avgust oyi so‘ngida bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq malika Diananing kuylagi auksionda 200 ming dollarga sotilgani haqda ma'lum qilingan edi. Ma'lumot uchun: malika Diana 1997 yilning 31 avgust kuni Parijda avtohalokatga uchrab, halok bo‘lgan edi.