Jahon | 21:29 / 20.03.2016
1877
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonda parlament saylovlari o‘z yakuniga yetdi
Qozog‘istonda parlament saylovlarida ovoz berish yakunlangandan keyin barcha saylov uchastkalari yopildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz nashri.
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi kotibi Baxit Meldeshov ovozlar hisoblanishi boshlanganini e'lon qildi.
Uchastkalar yopilishidan 2 soat avval berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi barcha saylovchilardan 75,2 foizi, Ostonada esa bor-yo‘g‘i 32,2 foizi saylovlarda qatnashgan.