14:36 / 20.03.2016
1327

Rossiyaning Ulyanov viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida to‘rt kishi nobud bo‘ldi

Rossiyaning Ulyanov viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l transporti hodisasi oqibatida to‘rt nafar kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

“Gazel” va “Shkoda”ning to‘qnashib ketishi natijasida yo‘l transporti sodir bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, xorijiy avtomobilda bo‘lgan to‘rt kishi halok bo‘lgan”, — deyiladi hudud ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan ma'lumotda.

Avariya sabablari o‘rganilmoqda.

Top