21:51 / 20.03.2016
1286

Sinchkov rossiyalik Tailanddan samolyotning 6 soatlik kechikish bilan uchishiga sabab bo‘ldi

O‘ta sinchkov rossiyalik Aleksandr Nosov Nordwind Airlines aviakompaniyasining 20 martdagi Pxuket-Moskva reysining o‘z vaqtida amalga oshirilishiga yo‘l bermadi. Nosov samolyot bortida xavfli buyum borligidan gumon qilib, bu haqda ekipajga ma'lum qilgan.

Phuket News nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Nosov shundan keyin xavfsizlik nuqtai nazaridan uchishdan bosh tortgan. Shundan keyin samolyot sardori aeroport ma'muriyatiga uchishni bekor qilishi haqida xabar bergan va uni turargohga olib borgan. Samolyotdagi 369 yo‘lovchi salondan chiqarilib, aeroport xavfsizlik xizmati samolyotni ko‘zdan kechirib chiqqan. Mutaxassislar bortda hech qanday shubhali narsa topishmagan va Nosovni hibsga olishga qaror qilishgan.

Ushbu sarosima tufayli samolyot deyarli 6 soatga ushlab qolingan.

Rossiyaning Tailanddagi elchixonasida ma'lum qilinishicha, bu voqea haqida ma'lumot elchixonaga kelib tushmagan.

Top