Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Navro‘z bayramini yuqori kayfiyatda nishonlashdi
Yaponiyaning Tokio shahrida 2016 yilning 19 mart kuni Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayramona kecha bo‘lib o‘tdi. Bayram tashkilotchilari bo‘lgan O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi va “Ipak Yo‘li” madaniyat va raqs ansambli, Yaponiya davlatida ish va o‘qish yuzasidan istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston va O‘rta Osiyo xalqalari, shu bilan birga, yapon millati bo‘lgan mehmonlar uchun ajoyib bayram kayfiyati ulashdilar. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi xodimlari tabrik nutqida barchani Navro‘z ayyomi bilan butun O‘zbekiston nomidan qizg‘in muborakbod etib, bayramni yuqori shukuh bilan ochib berdilar. Tokio Xorijiy tillar universitetining talabalari bayramni yapon va o‘zbek tillarida olib borishdi.
Bayram dasturi davomida Aiko Takeuchi boshchiligidagi «Ipak Yo‘li» madaniyat va raqs ansambli o‘zbekona raqslar va qo‘shiqlar bilan bayram tadbirini maroqli o‘tishiga o‘z xissalarini qo‘shdilar.
Yaponiyada har yilgi ana'naviy o‘tkizib kelinayotgan Navro‘z bayrami Yapon va O‘rta Osiyo millatlari o‘rtasidagi Xalqaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlab, O‘zbekiston va Yapon milliy urf-odatlari va madaniyatini kengroq yoyilishiga yana bir karra xizmat qilmoqda.





