17:16 / 21.03.2016
1504

“Yulduzlar jangi” Empire Awards taqdimotida besh mukofotni qo‘lga kiritdi

“Yulduzlar jangi: kuchning uyg‘onishi” filmi Empire Awards taqdimotida besh mukofotni qo‘lga kiritidi, deb xabar bermoqda AceShowbiz. Kartina to‘qqiz yo‘nalishda o‘z nomzodini ilgari surgandi.

Kino olamining yangi vakillari sifatida aktyorlar Deyzi Ridli va Jon Boyyega, eng yaxshi rejissyor deb Jyey Jyey Abrams, deb topildi.
“Kuchning uyg‘onishi”, shuningdek, “Eng yaxshi ilmiy-fantastik/fentezi” va “Eng yaxshi maxsus effektlar” yo‘nalishlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Taqdimotning to‘rtta mukofoti “Telba Maks: G‘azab yo‘li” filmi qo‘lga kiritdi.
Eng yaxshi film deb “Omon qolgan”, eng yaxshi aktrisa deb Alisiya Vikander (“Daniyalik qiz”), eng yaxshi aktyor deb Mett Deymon (“Marslik”).

Top