12:55 / 21.03.2016
1528

93 yoshli momo ijtimoiy tarmoqda mashhur modelga aylandi

Emiko ismli 93 yoshli keksa ayol barcha qoliplarni buzib, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida mashhur modelga aylandi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Tinib-tinchimas momo o‘zining nabirasi tayyorlaydigan aksessuarlarni reklama qilmoqda.

“Buvim xursandlar, men esa katta zavq olmoqdaman”, deb aytmoqda momoning nabirasi Xinami Mori.

Bundan tashqari, momo aksessuarlar qatori yuziga aylandi va buning natijasida savdolar ancha oshdi.

Axir keksa yoshiga qaramasdan, hayotdan zavq oluvchi momodan taraladigan g‘ayrat hayratlantirmay qolmaydi. Ayni vaqtda Instagram’da momoning fotosessiyalarini 32 ming obunachi kuzatib boradi.

Top