23:49 / 21.03.2016
3297

Apple yangi iPhone SE smartfonini taqdim etdi

Va'da qilinganidek Apple 21 mart kuni o‘z qurilmalarining yangi avlodlarini taqdimotini boshladi.

Taqdimotni Apple kompaniyasining bosh direktori Tim Kuk boshlab berdi. Uning ta'kidlashicha, “dunyo bo‘ylab Apple qurilmalari foydalanuvchilari soni bir milliardga yetdi”. Shunday qilib, Apple mart oyi taqdimotida yangi iPhone SE smartfonini taqdim etdi.

Uning tashqi ko‘rinishi “iPhone 5s” nikidan deyarli farq qilmaydi. Uning “miyasi” iPhone 6s niki bilan bir xil – protsessor A9 va uning yordamchisi M9. Yangi protsessor tufayli “iPhone 5s”dan ikki baravar tez ishlaydi. Yangi ranglardan “pushti oltin” rangi sotuvga chiqariladi.

 

iPhone SE ning kamerasi 12 megapiksel bo‘lib, 6s nikidan farq qilmadi va “jonli rasmlar” (Live photos) vazifasi qo‘shilgan. Bundan tashqari, video 4k sifatida tasvirga olinadi.

Yangi qurilmalar 16 Gigabaytli rusumi uchun 399 dollar va 64 gigabaytli rusumi uchun esa 499 dollar qiymatida sotuvga qo‘yiladi.

Oldindan buyurtma berish 24 mart kunidan boshlanadi. Qurilmani 31 martdan qo‘lga kiritsa bo‘ladi.

Top