13:42 / 21.03.2016
1303

Belaruslik tennischi Azarenka Indiana-Uellsdagi musobaqa finalida Serena Uilyamsni shov-shuvli yutdi

Belaruslik tennischi Viktoriya Azarenka WTA’ning Indiana-Uellsdagi musobaqasi finalida AQShlik tennischi Serena Uilyamsni ishonchli tarzda yutdi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 6 844 139 dollarni tashkil qildi.

Uchrashuv 1 soat 28 daqiqa davom etdi. Azarenka uchrashuv davomida 5 ta eys amalga oshirdi va to‘pni o‘yinga kiritayotganda 8 ta xatoga yo‘l qo‘ydi. Uchrashuv 6:4 va 6:4 hisobida yakunlandi.

Bu unvon 26 yoshli belarus sportchisi yakka musobaqalarda qo‘lga kiritgan 19-unvon bo‘ldi.

Azarenka Uilyamsni 4 ta finalda mag‘lub etgan birinchi tennischi bo‘ldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Serenaning opasi Venus Uilyamsdan o‘tib ketdi.

Top