08:27 / 21.03.2016
1274

Germaniya xorijda saqlanayotgan o‘ziga tegishli oltinning yarmini qaytarib olmoqchi

Germaniya xorijda saqlanayotgan o‘ziga tegishli oltinni qaytarib olishni davom ettiradi va 2020 yilga qadar Germaniyada mamlakat oltin zaxiralarining yarmi saqlanadi. Bu haqda Germaniya Markaziy banki prezidenti Yyens Vaydman Fumke Group mediaxoldingiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Vaydmanning aytishicha, 2013 yilda Frankfurt-Mayndagi omborga 11,5 mlrd dollarlik 366 tonna oltin qaytarildi. “Shu tariqa mamlakatda hozirla 1,4 ming tonna yoki oltin zaxiralarimizning 41,5 foizga yaqini saqlanmoqda”, deb aytdi Vaydman.

Vaydmanning ta'kidlashicha, Germaniya oltin zaxiralari qaytarilishi 2013 yilda Markaziy bank tomonidan qabul qilingan dastur doirasida amalga oshirilmoqda. Dasturda oltinlarning haqiqiyligini tekshirish va inventarizatsiya qilish jarayonini soddalashtirish uchun ularni mamlakatga bosqichma-bosqich qaytarish ko‘zda tutilgan.

Hozirda oltin zaxiralari miqdori bo‘yicha AQSh dunyoda yetakchilik qilmoqda, u 8133,5 tonna oltinga ega. 2-o‘rinda 3381 tonna oltin bilan Germaniya turibdi.

Top