Jahon | 10:34 / 21.03.2016
1931
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti Shimoliy Koreya tomonidan ig‘volarga tayyor turishni buyurdi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya tomonidan turli ig‘volarga tayyor turishi kerak, deb aytdi Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe o‘z yordamchilari bilan uchrashuvda. 

“Pxenyan mas'uliyatsiz ig‘volar tayyorlamoqda, shuning uchun Koreya yarimoroli kelajagi uchun hal qiluvchi on yetib keldi”, deb aytdi prezident. Uning aytishicha, shu sababli Janubiy Koreya rahbariyati “Shimoliy Koreya tomonidan har qanday harakatlarga tayyor turishi kerak”.

Janubiy Koreya mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun yangi raketa katerlari qurishni boshlaydi.

“Yangi kemalar “Yun Yun Xa" sinfidagi katerlarning modernizatsiyalashgan versiyasi hisoblanadi. Ular joriy yilda qurila boshlanadi”, deb ma'lum qildi Janubiy Koreya mudofaa vazirligi. Hammasi bo‘lib mamlakat flotiga 200 tonna sig‘imli bunday kemalalardan 20 taga yaqinini berish rejalashtirilmoqda. Bu kemalar Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari qurollanishida 1970-yillardan beri bo‘lgan “Chamsuri” sinfidagi katerlar o‘rnini bosishi kerak. Bu kemalar avvalambor Sariq dengizda mamlakatning Shimoliy Koreya bilan chegaralarini qo‘riqlashiga safarbar qilinadi.   

Pxenyan 15 martda yaqin orada yadroviy jangovar kallaklar va ballistik raketalarning yangi sinovlarini o‘tkazishini e'lon qilgandi.