Texnologiya | 11:32 / 21.03.2016
1300
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: GM Korea nosozlikni bartaraf etish uchun 66 ming avtomobilni chaqirib oladi

AQShning General Motors kompaniyasining Janubiy Koreyadagi firmasi GM Korea firmasi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarda dvigatelni o‘t oldiruvchi tugmachalardagi nosozlikni bartaraf etish uchun 66169 ta avtomobilni chaqirib oladi. Bu haqda “Ryonxap” agentligi ma'lum qilmoqda.

Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, dvigatelni o‘t oldiruvchi tugmacha, birinchi marta foydalangandan so‘ng, ishga yaroqsiz holatga kelib qoladi. Ushbu nosozlik avtomobil harakati jarayonida dvigatelni to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi.

Gap 2010 yilning 23 dekabrida va 2016 yilning 9 martida chiqarilgan Orlando modeli ustida bormoqda. GM Korea avtomobillardagi bu nosozlikni joriy yilning iyun oyida ta'mirlashi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish