“Özbekkino” Milliy agentligi tomonidan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda viloyatda 17-19 mart kunlari Navröz umumxalq bayrami arafasida an'anaga aylangan “Özbek milliy kino kunlari festivali” taşkil etildi.
2016 yil 17 mart kuni Samarqand temir yöl vokzalida kinofestival iştirokçilari tantanali kutib olindi. Şu kuni kinoijodkorlar Samarqand şahridagi “Said” mahalla fuqarolar yiğini aholisi va Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Samarqand qişloq xöjaligi instituti talabalari hamda Samarqand şahridagi 10-mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari bilan ijodiy uçraşuvlar ötkazişdi.
Kinofestivalning tantanali oçiliş marosimi Samarqand davlat universitetida bölib ötdi. 18 mart kuni Narpay, Pastdarğom, Paxtaçi, Urgut tumani aholisi va yoşlari bilan kinoijodkorlar iştirokida uçraşuvlar taşkil etildi hamda yangi badiiy va hujjatli filmlar namoyiş qilindi.
Bundan taşqari, şu kuni Samarqand şahridagi “Şarq Yulduzi” kinoteatrida “Özbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan suratga olingan “Xazonrezgi” nomli yangi badiiy filmning taqdimoti bölib ötdi.
Festival mobaynida 2015 yilda “Özbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan işlangan “Baron”, “Ajal jodusi”, “Barakasini bersin”, “Balli, Kamoliddin”, “Dilor, Dilor, dil va or” badiiy filmlar hamda “Sözana”, “Orziqib kutilgan mö'jiza”, “Ayol qalbidagi musiqa”, “Samarqand – boqiy qöşiq” nomli hujjatli filmlar namoyiş etildi.
Festivalda Özbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, Mirza Azizov, Xayrulla Sa'diev, Murod Rajabov, Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Fotima Rejametova, Ra'no Yaraşeva, Lola Eltoeva, şuningdek, Hilol Nasimov, Dilnoza Kubaeva, Uluğbek Yunusov, Akbarxöja Rasulov kabi bir qator taniqli va yoş kinoijodkorlar iştirok etişdi.






