17:04 / 21.03.2016
6720

Shohruxxon yana bir yangi o‘zbek kartinasi saundtrekiga klip oldi

Rejissyor Ozod Shams ijodiy yangilik sifatida “Vahshiy” filmining suratga olish ishlarini yakunladi.
Bundan tashqari, ushbu filmda Asal Shodiyevani yangi obrazda, yangi qiyofada ko‘rish mumkin.

O‘zbek estradasining yorqin vakili Shohruxxon film saundtrekini ijro etgan va unga klip olish jarayonlarini yakunlagan. Klip xonandaning “Yig‘lama” qo‘shig‘iga olingan. O‘zbek shou-biznesida “Asal Shodiyeva-Shohruxxon” mavzusi ko‘p tilga olingani uchunmi yoki bu ikki ijodkor uyg‘un ravishda ekranlarda ko‘p bor ko‘ringanidanmi, Shohruxxon klipida Asal Shodiyevani yana bir bor uchratish mumkin.


Shu o‘rinda alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, so‘nggi oylarda xonanda o‘zbek kinosining bir qator ko‘zga ko‘ringan kartinalarining saudtreklarini ijro etdi. Bunga misol qilib, “Majnun” filmga aytilgan saundtrek va unga ishlangan klipni keltirish mumkin.


O‘zbek estradasining faol ijodkori Shohruxxon shu yilning may oyida o‘z muxlislari e'tiboriga yangi konsert dasturini taqdim etishni mo‘ljallagan. Bu xonandani ijodiy izlanishda, muxlislari qalbidan joy oluvchi taronalar ustida ishlayotganidan dalolat beradi.

Top