Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:13 / 21.03.2016
1741
1 daqiqa o‘qiladi
Trampning singlisi oq kukunli shubhali maktub oldi
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning singlisi oq kukunli shubhali maktub oldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Noma'lum kimsalar Filadelfiya okrug sudyasi hisoblanmish Marian Tramp Barriga shubhali maktub yo‘llashgan.
FQB vakilining ma'lum qilishicha, FQB AQShning maxfiy xizmati va Adliya vazirligi bo‘limi bilan hamkorlikda aybdorni aniqlash ishini olib bormoqda.
Voqeaga oid hech qanday qo‘shimcha ma'lumotlar keltirilmagan.