19:49 / 21.03.2016
1056

Ukrainalik uchuvchi Savchenko rossiyalik jurnalistlarning o‘limida aybdor deb topildi

Rostov viloyatining Donetsk sudi ukrainalik harbiy uchuvchi Nadejda Savchenkoni Lugansk yaqinida rossiyalik jurnalistlarning o‘ldirilishida aybdor deb topdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Savchenko VGTRK jurnalistlari Igor Kornelyuk va Anton Voloshinning qotilligida aybdor deb topildi. U, shuningdek, tinch aholini o‘ldirishga urinishda va Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda aybdor deb topildi.

Hukm eshittirilishi mahalliy vaqt bilan soat 11 dan beri tanaffuslar bilan davom etmoqda va 2 kunga cho‘zilishi mumkin.

Top