O‘zbekiston | 18:30 / 22.03.2016
1699
1 daqiqa o‘qiladi

“Qo‘yliq”va “Abu-Saxiy”bozorlari atrofidagi yo‘llar kengaytiriladi

“O‘zavtoyo‘l” Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” va “Abu-Saxiy” bozorlari atrofidagi yo‘llarni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya manbasiga asoslanib, Sputnik xabar bermoqda.

Tranzit oqim bozorlarga olib boruvchi yo‘llarga yo‘naltiriladi. Shu bois kichik xalqa yo‘li bo‘ylab, mahalliy yo‘llar quriladi.

Bozorga boruvchi va keluvchi avtomobillar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu xalqa yo‘liga tusha olishmaydi. Bu yo‘lga bir necha kilometrdan so‘ng yondash yo‘llar yordamida qo‘shilish mumkin bo‘ladi.

Ko‘riladigan ushbu choralar ushbu yo‘llarda mavjud avtotiqilnchlarning oldini oladi. Nashr bergan ma'lumotga ko‘ra, har ikkala bozor yonidagi yo‘llardagi ishning birinchi bosqichi boshlab yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish