08:58 / 22.03.2016
1316

“Real” De Xeani xarid qilishdan voz kechdi va Keylor Navas bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Madridning “Real” klubi o‘z darvozaboni Keylor Navasga ishonch bildirmoqda. Ma'lum qilinishicha, 29 yoshli darvozabonga yangi shartnoma taklif qilinadi.

“Navas – muxlislar yoqimtoyi, u mavsumni yuqori darajada o‘tkazmoqda. Boshqa darvozabonni, agar u De Xea bo‘lsam ham, sotib olishga ehtiyoj yo‘q”, deb aytdi klubdagi manba Marca nashriga.

“Real” De Xeani 2015 yil yozda xarid qilishga urinib ko‘rgan edi, biroq bu bitim Madrid klubi idorasidagi texnik nosozlik tufayli oxirgi lahzada tuzilmay qolgandi.

Joriy mavsumda Navas Ispaniya chempionatida 28 ta o‘yin o‘tkazib, ulardan 10 tasida birorta to‘p o‘tkazib yubormay, o‘z darvozasini dahlsiz qoldirgan.

Top