17:24 / 22.03.2016
6186

Andijon tuman iqtisodiyot va transport kollejida “Yoshlik bahori” tantanalari

Ayni paytda mustaqil yurtimizning qay go‘shasida bo‘lmang qadim va navqiron Navro‘z umumxalq bayramini keng nishonlanayotganiga guvoh bo‘lasiz. Andijon tumani iqtisodiyot va transport kasb-hunar kolleji jamoasi ham bahor bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rdilar.

Kollej pedagog va o‘quvchilari ayyomni milliy qadriyat va an'analarimizga xos sayil tarzida tashkil etganligi tahsinga loyiq. “Yoshlik bahori” deb nomlangan tadbir davomida o‘quvchilar o‘zbekona udumlarimizdan milliy sport o‘yinlari, arqon tortish, tosh ko‘tarish, xo‘roz o‘rishtirish, kurash kabi ajdodlarimizdan meros an'analarni namoyish etishdi. Guruhlararo palov pishirish, bahoriy surat chizish hamda o‘zbekona soch turmaklash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi.

Kollejda tahsil olayotgan iqtidorli, san'atga oshno o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlarda katta tassurot qoldirdi. Bayramga tashrif buyurgan taniqli estrada xonandalari Avazbek Mirxo‘jayev va Gulishaydolarning sho‘x qo‘shiqlari barchani davraga chorladi.

- Kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yosh avlodni Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashda milliy an'analarimizning o‘rni beqiyos,-deydi kollej direktori Dilshodbek Anorov. Zero, ezgu g‘oyalarni tarannum etuvchi hamisha navqiron Navro‘z bayrami o‘zi yashayotgan zaminga, ajdodlardan meros qadriyatlarimizni e'zozlashni targ‘ib qiladi.

Elmurod ERMATOV, Andijon

Top