09:15 / 22.03.2016
1246

Gari Nevill «Valensiya» bilan shartnomani uzaytirishga munosib ish qilmaganini tan oldi

«Valensiya» jamoasi bosh murabbiyi Gari Nevill mavsum yakunida jamoani tark etadi.

Nevillning jamoa rahbariyati bilan aprel oyida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida kelishuvni uzaytirishdan ma'no yo‘qligini bildirmoqchi.

Qayd etilishicha, Nevil jamoa bilan kelishuvni uzaytirish uchun munosib ishlamaganini tan olmoqda.

Nevill bosh murabbiyligida «Valensiya» Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan 16ta o‘yindan 3taginasida g‘alaba qila oldi. Oxirgi turda «Selta»ga qarshi o‘tgan uchrashuv (0:2) vaqtida muxlislar uning ketishini talab qilishdi va «Gari, hoziroq ket» yozuvi tushirilgan baner ko‘tarishdi.

Top