13:49 / 22.03.2016
1187

Jakartalik taksichilar Uber’ga qarshi namoyishga chiqishdi

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida yuzlab taksichi taksi buyurtma qiluvchi Uber va Grab xizmatlariga qarshi namoyish o‘tkazib chiqishdi. Bu haqda  xabar berdi Associated Press.

Namoyishchilar shahardagi markaziy ko‘chani berkitib qo‘yishdi. Shuni alohida hisobga olish kerakki, bu shaharda o‘tkazilayotgan ikkinchi yirik namoyishdir. Taksichlarning aytishicha, xizmat haydovchilari kam haq evaziga ishlashmoqda va ularning huquqi kengaytirib qo‘yilgan. Bu esa boshqa taksichilarning ishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Jakartada esa qo‘shni hududlardan kelib, taksichilik qilib, ro‘zg‘or tebratayotganlar talay topiladi.

Ma'lum bo‘lishicha, namoyish odamlarda salbiy taassurot qoldirgan. Bunga yo‘llarni berkilib qolganini sabab qilib ko‘rsatishmoqda.

Top