06:40 / 22.03.2016
1230

Obama Kubaga qarshi embargo bekor qilinishiga ishonchi komilligini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama Kubaga qarshi kiritilgan embargoni bekor qilishga muvaffaq bo‘linishiga ishonchi komilligini aytdi, deb xabar berdi Associated Press axborot agentligi.

“Ishonchim komilki, embargo bekor qilinadi, biroq bu qachon sodir bo‘lishini bilmayman”, deb aytdi Obama Gavanada berilgan matbuot-anjumanda hamda embargo Kuba xalqi manfaatlariga javob bermasligini ta'kidladi.

Obama embargoning qanchalik tez bekor qilinishi ko‘p jihatdan Gavana va Vashingtonning inson huquqlari kabi masalalar bo‘yicha hamkorligiga bog‘liq ekanligini ta'kidlab o‘tdi.  

Kuba yetakchisi Raul Kastro Barak Obamani Kubadan ko‘proq cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi.

Top