Sport | 17:22 / 22.03.2016
2138
2 daqiqa o‘qiladi

Davron Fayziyev «Sport» telekanalidan UzReport telekanaliga o‘tdi

O‘zMTRKning «Sport» telekanalida faoliyat ko‘rsatib kelgan sharhlovchi Davron Fayziyev UzReport telekanalida ish boshladi.

UzReport telekanali dastlab futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi, keyinroq futbol bo‘yicha Angliya Premer-ligasi va Yevro—2016 uchrashuvlarini translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Xabar berishlaricha, telekanal yaqin vaqt ichida futbol sharhlarini o‘zbek tilida efirga uzatishni ham yo‘lga qo‘yadi.

Bu yo‘lda telekanal rossiyalik bir qator taniqli sharhlovchilar — Aleksandr Shmurnov, Georgiy Cherdantsev, Denis Kazanskiy, Aleksandr Yelagin kabilar bilan 2015 yilning 15 sentabridan 2016 yilning 31 iyuliga qadar kelishuvga erishgan bo‘lib, uchrashuvlarni sharhlash barobarida telekanal xodimlariga mahorat darslarini o‘tishi ham ko‘zda tutilgandi.

1983 yilda tavallud topgan Davron Fayziyev O‘zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U 2001 yildan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining avvaliga «Yoshlar», keyin esa «Sport» telekanallarida faoliyat yuritib keldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish