UMS 2015 yili O‘zbekistondagi abonentlari sonini 5,8 barobar oshirdi
2015 yil natijalariga ko‘ra, Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatori abonent bazasi 1,095 mln nafar foydalanuvchini tashkil etdi. Bu esa 2014 yil yakunlariga nisbatan 5,8 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi. Bu hisobot kompaniya matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, abonent bazasining o‘sish ko‘rsatkichi 2014 yildagi 1 foizlik o‘sishga qaraganda 5,4 barobarga ortgan. 2014 yakunida operator O‘zbekistonda 188,1 ming abonentga xizmat ko‘rsatgan edi.
Bundan oldinroq, operator 2015 yil yakunida foydalanuvchilari soni 1,15 mln abonentni tashkil etishini prognoz qilgandi.
2015 yilning to‘rtinchi choragida UMS`ning O‘zbekistondagi ulushi uchinchi chorakdagidan 1,5 foizga ortgan va 82,4 mlrd so‘mga (O‘zbekiston Markaziy Banki kursi bo‘yicha 28,7 mln dollar) yetgan. To‘rtinchi chorakdagi operatsion zarar miqdori 20,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan (7,2 mln dollar. Uchinchi chorakda bu miqdor 28,6 mlrd so‘m (10 mln dollar atrofida) edi.
Hisobot davrida OIBDA (asosiy vositalar amortizatsiyasi va nomoddiy aktivlar chiqarib tashlangunga qadar bo‘lgan daromadni bildiruvchi tahliliy ko‘rsatkich) ko‘rsatkichi - 2,58 mlrd so‘mni (900 ming dollar atrofida) tashkil etgan. MOU ko‘rsatkichi (har bir abonentning 1 oy davomida foydalangan daqiqalari) 527 daqiqani tashkil qilgan (uchinchi chorakda 530 daqiqa).
Eslatib o‘tamiz, UMS 2014 yil 1 dekabrdan O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘z xizmatlarini ko‘rsatishni boshlagan. Shu yilning iyul oyida O‘zbekiston va MTS orasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan edi.
“Universal Mobile Systems” ta'sischilari “Mobilnie TeleSistemi” OAJ (50,01 foiz) va Axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi (49,99 foiz) hisoblanadi. Uyali aloqa opreratoriga 2G/3G/LTE litsenziyalar, kerakli chastotalar, nomerar hajmi, aloqa kanallari ijarasi bilan ta'minlandi. Tarmoqning boshlang‘ich hajmi 2,5 million abonent raqami deb belgilandi.