Jamiyat | 16:24 / 22.03.2016
1349
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik “superqahramon” bolg‘asi bilan metroda ketayotgan bezorini jarohatladi

Internetda Xitoy metrosida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik sahnasi aks etgan videorolik paydo bo‘ldi. O‘rindiqlardan birida o‘tirib olgancha, pista chaqib hamda uning qoldig‘ini yerga tashlayotgan yigit unga nasihat qilmoqchi bo‘lganlarga qo‘rs javob qaytaradi. Hatto so‘kinadi ham.

Shunda qayerdandir “superqahramon” paydo bo‘ladi va qo‘lidagi bolg‘a bilan bezorining boshiga bir necha bor tushiradi.

“Ikkinchi safar metroda pista chaqma!”, — deb unga ogohlantirish beradi “superqahramon”.

Bu ishga politsiya ham aralashadi. Shunda voqea rostdan emas, yolg‘ondan qilingani, odamlar metroda o‘zlarini munosib tutishlari uchun ikki do‘st tomonidan uyushtirilgani ma'lum bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish