17:10 / 22.03.2016
1718

Yaponiya yangi xavfsizlik qonunlarini kiritdi

Yaponiya mudofaa kuchlari vazifalarini kengaytiruvchi yangi qonunlar paketi 29 mart kuni kuchga kiradi.

Bundan tashqari, 2015 yil sentabr oyida Yaponiya quyi palatasida tasdiqlangan xavfsizlik qonunlari kuchga kirgach, Yaponiya hukumati mamlakat harbiylariga yangi vakolatlar taqdim etishga ehtiyotkorona yondoshadi, deb xabar beradi NHK.

Masalan, hukumat BMT bayrog‘i ostidagi yapon ishtirokchilariga Janubiy Sudandagi xalqaro amaliyotlarda tinchlikparvarlarni himoya qilish maqsadida quroldan foydalanishga va tinchlikparvarlarning lagerlarini muhofaza qilishda qatnashishga ruxsat berish kerak yoki kerakmasligini hal qilishi lozim.

Yangi qonunlar agar Yaponiyaning yaqin ittifoqdoshiga hujum uyushtirilganda mamlakat va uning aholisi yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolsa, Yaponiya mudofaa kuchlariga quroldan foydalanish vakolatini beradi. Shuningdek, boshqa davlat tomonidan harbiy fitna uyushtirilgan holatda ham quroldan foydalanish huquqini tan oladi.

Hujjatlar davlat qurolli kuchlarining davlat chegarasidan tashqaridagi fuqarolarini himoyalash va boshqa davlatda asirda bo‘lgan fuqarolarini ozod qilishni ham nazarda tutadi.

Top