Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada kompyuterdagi nosozlik tufayli 87ta aviareys bekor qilindi
ANA (All Nippon Airways) aviakompaniyasining kompyuter tizimidagi nosozlik tufayli Yaponiyaning o‘nlab aeroportlarida 87ta aviareys bekor qilindi va bu 10 mingdan ortiq yo‘lovchilarning rejalariga ta'sir ko‘rsatdi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar tarqatgan.
Aviakompaniya saytida xabar qilinishicha, muammo mahalliy vaqt bilan soat 08:20da kuzatila boshlangan. Kiodo nashri xabarida aytilishicha, bu muammo soat 11:30gacha davom etgan.
ANA aviakompaniyasi bu noqulaylik sababini bildirgan va noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, shu tizimdan foydalangan Yaponiyadagi Starfler, Airdo, Solaseed Air va Ibex Airlines aviakompaniyalarida ham muammolar kuzatilgan.