Babayan milliy terma jamoaning 23 futbolchidan iborat yakuniy tarkibini ma'lum qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikkki uchrashuv uchun terma jamoaning 23 futbolchidan iborat tarkibini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 24 mart kuni Filippinga qarshi hamda 29 mart kuni Bahrayn bilan o‘z maydonida saralashning ushbu bosqichidagi so‘nggi ikki o‘yinini o‘tkazadi.
Bu o‘yinlar uchun terma jamoa murabbiyi kengaytirilgan tarkibdan quyidagi 23 futbolchini tanlab oldi:
Darvozabonlar:
Aleksandr Lobanov («Persepolis», Eron), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Eldor Suyunov («Nasaf»)
Himoyachilar:
Davron Hoshimov («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Chanchun Yatay», Xitoy), Yegor Krimets («Pekin Guoan», Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Kamoliddin Tojiyev («Paxtakor»), Vitaliy Denisov («Lokomotiv», Rossiya)
Yarim himoyachilar:
Javohir Sohibov («Paxtakor»), Odil Ahmedov («Krasnodar», Rossiya), Fozil Musayev («Sepahon», Eron), Sardor Rashidov («Al-Jaish», Qatar), Sanjar Tursunov («Umm Salal», Qatar), Stanislav Andreyev («Paxtakor»), Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Server Jyeparov («Lokomotiv»), Jasur Hasanov («Lokomotiv»), Sanjar Shoahmedov («Lokomotiv»)
Hujumchilar:
Aleksandr Geynrix («Ordabasi», Qozog‘iston), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Eldor Shomurodov («Bunyodkor»).
Ma'lumot uchun, har ikki o‘yin ham “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.