20:20 / 23.03.2016
3847

Bokschi Nikolay Valuyev nima uchun aka-uka Klichkolar bilan jangi amalga oshmagani sababini aytib berdi

Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, rossiyalik Nikolay Valuyev nima uchun aka-uka Klichkolarning birortasi bilan ham jangi amalga oshmagani sababini aytib berdi.

"Men o‘sha vaqtda unvonimni qo‘ldan boy bergandim va biz muzokaralar o‘tkazgandik. Bu muzokaralar norasmiy bo‘lgan. Biz Vitaliy bilan yuzma-yuz gaplashganmiz, bu Peterburgda bo‘lgandi. Men unga hammasini aytdim, unga yon bosmasligimni tushuntirdim. Ochiqchasiga aytganda, uni urishimni aytganman.

Agar men yutadigan bo‘lsam yana Vitaliy bilan jang qilishim kerak edi, men bunga rozi bo‘lganman. Biroq agar men yana yutadigan bo‘lsam uning ukasi bilan urshishim kerak edi, agar uni ham yutadigan bo‘lsam, yana u bilan urshishim kerak edi. Butun Klichko oilasi bilan. Men ular bilan toki yutqazmagunimcha jang qilaverishim kerak edi", deb aytdi Valuyev "Zvezda" telekanalida.

Top