18:24 / 23.03.2016
1280

Bryusseldagi teraktlar jabrlanuvchilari soni 270 nafarga yetdi

Belgiya bosh prokurori Frederik van Lev Bryusseldagi teraktlar tufayli jabrlanganlarning aniq miqdorini ma'lum qildi. Bu haqda nemis nashrlari xabar yozmoqda.

Van Levning so‘zlariga ko‘ra, terakt tufayli jabrlanganlar soni 270 nafarni tashkil qilmoqda.

Bundan oldingi xabarlarda, 31 kishi halok bo‘lgani va 250 kishi jarohatlangani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlash sodir etildi. Ko‘p o‘tmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oshirildi.

Portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga olgan IShID bu teraktlar Belgiyaning xalqaro koalitsiya tarkibida Iroq va Suriya hududidagi amaliyotlarda qatnashganiga javoban sodir etilganini aytgan.

Top