15:33 / 23.03.2016
1396

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi Rostovda qulagan samolyot «qora quti»larini o‘rganish uchun qancha vaqt ketishini ma'lum qildi

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (DAQ) rasmiy vakilining bayonotiga ko‘ra, mutaxassislarning Rostov-Donda qulagan samolyotning «qora quti»laridagi yozuvlarni o‘rganishi uchun 1 oydan kam bo‘lmagan muddat ketadi. Bu haqda «Rossiya 24» telekanalida xabar qilingan.

Bundan tashqari, Rostovda qulagan samolyotning barcha bo‘laklari birlashtirilib chiqishi aytilgan.

Samolyot qoldiqlari yig‘ib olingan.

Eslatib o‘tamiz, FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri 19 mart, shanba kuni Rostov-Don aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 55 yo‘lovchi va 7 ekipaj a'zosi halok bo‘ldi.

Top