14:13 / 23.03.2016
1928

Fransiya elchisi Frankofoniya bayramida O‘zbekistondagi ta'lim dargohlari vakillariga ordenlar topshirdi

17-18 mart kunlarida O‘zbekiston Milliy universitetida va Fransiya elchixonasida Frankofoniya bayrami o‘tkazildi.

Frantsuz elchisi qarorgohida o‘tkazilgan qabul marosimi chog‘ida Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga a'zo davlatlarning Toshkentdagi elchilari, O‘zMU hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorlari, fransuz tili o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Qabul vaqtida Fransiya elchisi 6 nafar o‘zbekistonlikka Akademik Palma ordenlarini topshirdi:

Shuhrat Qayumov, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektori;

Islom Dehqonov, Farg‘ona Davlat universiteti o‘qituvchisi;

Svetlana Makaryans, Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti metodisti;

Irina Mavlonova, Buxorodagi «Isteza» fransuz madaniyat markazi direktor muovini;
Pathiddin Nishonov, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi;

Aziza Zoirova, Qarshi Davlat universiteti fransuz tili o‘qituvchisi va chet tillar fakulteti dekani muovini.

Fransiyaning faxriy mukofoti hisoblanmish Akademik Palma ordeni bilan Fransiya fuqarolari ta'lim sohasida ko‘rsatgan buyuk xizmatlari uchun yoki xorijliklar fransuz tili va madaniyatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki uchun taqdirlanadilar.

Frankofoniya - dunyoning frankofon davlatlari hamkorligining xalqaro tashkilotidir. U yer kurrasining turli nuqtalarida joylashgan davlatlarni namoyon qiluvchi 60dan ortiq a'zolari va 20ga yaqin kuzatuvchilarni o‘z ichiga oladi. Tashkilotga a'zo bo‘lishning asosiy kriteriyasi o‘sha davlatda fransuz tilining o‘rganilish yoki o‘rganmasligi emas, balki Fransiya bilan asrlar davomidagi madaniy aloqalarning mazmunidadir.

Top