10:28 / 23.03.2016
2005

Jyerar Pike: «Menga «Barselona» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan oraga cho‘g‘ tashlash yoqadi»

«Barselona» jamoasi himoyachisi Jyerar Pike o‘ziga jamoaning ashaddiy raqibi «Real»ga qarshi o‘yinlar oldidan muhitni qizdirish uchun harakatlarni amalga oshirish yoqishini aytib o‘tdi.

«Barselona» va «Real» raqobati bu jamoalarni yanada buyuklashtiradi. Aynan shuning uchun menga vaqt o‘tgan sayin bu raqobatni qizdirish uchun olovga yog‘ quyish yoqib bormoqda.

«Barselona»ning muvaffaqiyatlari siri nimada deb so‘raysizmi? Biz bir oilamiz.

Biz mag‘lubiyatlarni, g‘alabalarni, savollarni, muammolarni, xursandchiliklarni va jarohatlarni birgalikda baham ko‘ramiz. Va men faqat futbolchilar orasidagi munosabatni aytmayapman. Bu jamoaning barcha vakillariga, murabbiylar, shifokorlar va boshqa xodimlarga ham taalluqli», — deydi Pike.

Top