09:39 / 23.03.2016
1291

Klinton: chegaraning yopilishi va devorlar qurilishi bizni terrorchilardan himoya qila olmaydi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod va AQShning sobiq Davlat kotibi AQSh va uning ittifoqchilari Bryusseldagi teraktlardan keyin birgalikdagi razvedka sohasida yaxshiroq ishlashlari kerakligini aytdi. Bu haqda Klintonning MSNBC va CNN telekanallari efiridagi sharhlariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Klintonning ta'kidlashicha, chegaralar va aeroportlar yopilishi, chegarada katta devorning qurilishi ham terrrorchilar xurujidan saqlay olmaydi, chunki terrorchilik guruhlari borgan sari yangi texnologiyalarni faolroq va muvaffaqiyatli egallamoqda.

"Beton devor internetni to‘xtata olmaydi", deb aytdi Klinton.

Klintonning aytishicha, aeroportlar, vokzal va boshqa nozik joylarda xavfsizlik darajasini oshirish lozim.

Klinton AQShlik amaldorlarni AQSh go‘yoki butun boshli dinga qarshi urush holatida turganini anglatuvchi harakatlar va nutqlardan qochishga chaqirdi, uning fikricha bu nafaqat noto‘g‘ri, balki xavfli hamdir. Klinton AQSh terrorchilar bilan kurashayotgan ko‘plab islom davlatlari bilan hamkorlik qilishini eslatib o‘tdi.

Klinton AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShID tomonidan Iroq, Suriya va Liviyada bosib olingan hududlar qaytarilmaguncha, u bilan kurashda muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytdi.

Top